Toshkentda konkur bo‘yicha musobaqa yakunlandi

Toshkentdagi «Universal Horses Stable» ot sporti klubida konkur bo‘yicha «Uzbekistan Global Tour 2023» musobaqasining oltinchi tur bellashuvlari o‘tkazildi.

Bu galgi bahslarda Qozog‘iston va Belarus mamlakatlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar ham o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Qayd etish joiz, turnir kelasi yil o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalar oldidan asosiy terma jamoaga nomzod sportchilarni saralab olish, iqtidorli yoshlarni ko‘zdan kechirish imkoniyatini taqdim qildi.

Bellashuvlar yakunida Ibrohim Yo‘ldoshev («Elfakiya» laqabli otda) «F», Firdavsbek Davronbekov («Bakarbono Dji») «C», Alisher Erkinov («Amri Maxaradj») «E», Oqil Sobirjonov («Sidney Djekson») «D», Humoyun Abdullayev («London Boy») «V», Sergey Antonovich («Kuasar») «A» toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter