Trent: «Raqib muxlislarining bunday yuzlarini ko‘rish juda kulgili edi»

Shanba kuni bo‘lib o‘tgan «Manchester Siti» va «Liverpul» o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

«Shaharliklar» uzoq vaqt oldinda borishdi, biroq o‘yin oxiriga kelib, «Etihad» tablosidagi durangni Trent Aleksandr-Arnold ta’minladi.

Gol urgan «Liverpul» vise-sardori «Manchester Siti» muxlislari bilan tribuna yonida golni nishonladi va u o‘ziga nisbatan eng munosib imo-ishoralarni ko‘ra olmadi. Biroq, futbolchi xursand bo‘ldi.

«Mehmondagi golni raqib muxlislar oldida nishonlash har doim yoqimli. Ularning bunday yuzlarini ko‘rish juda kulgili edi», – dedi Trent Sky Sports nashriga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter