Modrich hali qarib qolmaganini isbotlaydi

«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich bosh murabbiy Karlo Anchelottiga hali ko‘p narsalarni isbotlamoqchi.

Relevo xabariga ko‘ra, xorvatiyalik yarim himoyachi mavsumning qolgan qismida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda «Real Madrid»ning ikki asosiy yarim himoyachilari Aureliyen Tchuameni va Eduardo Kamavinga jarohatlari sababli shifoxonada.

Bu Modrichga bir nechta uchrashuvlarni asosiy tarkibda boshlash va murabbiyga o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter