Berbatov: «Manchester Yunayted» Grizmanni sotib oladi deb o‘ylamayman»

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Dimitar Berbatov ingliz klubining «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmannga qiziqishi haqidagi ma’lumotlarga javob berdi.

Oldinroq «Manchester Yunayted» fransiyalik futbolchini ispan klubidan 25 million yevro evaziga sotib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Biroq keyinroq Grizmannning jamoani o‘zgartirishni istamagani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

«Agar Grizmann kelsa, Xyoylund bilan nima qilishimiz kerak? Keyin u o‘ynaydimi? Agar javob yo‘q bo‘lsa, nega uni sotib oldingiz? «Manchester Yunayted» Grizmanni sotib oladi deb o‘ylamayman», – deya Berbatovdan iqtibos keltiradi Football365.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter