Yevro-2024. Final bosqichi uchun tashlanadigan qur’a savatchalari aniq bo‘ldi

Yevropa chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan barcha guruhlarda bahslar yakuniga yetdi. Natijada qit’a chempionatiga chiqqan 21 jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Oxirgi 3 ta yo‘llanma egasi esa 2024 yilning mart oyida o‘tkaziladigan pley-off bosqichi orqali aniqlanadi.

Musobaqaning final bosqichiga shu yilning 2 dekabr kuni qur’a tashlanadi. Qur’adan oldin savatchalar quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

1-savat: Germaniya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya, Ispaniya, Angliya.

2-savat: Vengriya, Turkiya, Daniya, Albaniya, Ruminiya, Avstriya.

3-savat: Niderlandiya, Shotlandiya, Xorvatiya, Sloveniya, Slovakiya, Chexiya.

4-savat: Italiya, Serbiya, Shveysariya, «A» yo‘li g‘olibi, «B» yo‘li g‘olibi, «C» yo‘li g‘olibi.

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter