Jiru: «Milan»da qolishni istayman»
«Milan» hujumchisi Olivye Jiru kelajagi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, fransiyalik forvard 2021 yilning yozidan buyon «rossonerilar» safida to‘p tepmoqda, biroq uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.
«Milan» bilan shartnomam yozda tugaydi, ammo men qolishni istayman. Yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar hali boshlanmagan, ammo menimcha, biz tez orada o‘tirib, vaziyatni muhokama qilamiz», – deya Jiruning so‘zlarini keltiradi italiyalik jurnalist Nikolo Skira.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/