Ter Shtegenning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Germaniya terma jamoasi safida olgan jarohatidan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, darvozabonning sog‘ligida jiddiy muammo yo‘q.
Katta ehtimol bilan Mark-Andre jamoasining 25 noyabrga belgilangan «Rayo Valyekano»ga qarshi navbatdagi uchrashuvida ishtirok eta oladi. Yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi.
Ispaniya chempionatida 31 yoshli darvozabon 13 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 13 ta gol o‘tkazib yuborgan. Oltita o‘yinda nemis o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/