Romeuning «Barselona»dagi kelajagi so‘roq ostida

«Barselona» yarim himoyachisi Oriol Romeuning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

32 yoshli yarim himoyachi Serxio Buskets o‘rniga «Jirona»dan sotib olingandi. Romeu ko‘p o‘yinlarda «blaugrana»ning asosiy tarkibida maydonga tushadi, ammo uning klubdagi kelajagi borasida aniqlik yo‘q, deya xabar beradi jurnalist Toni Xuanmarti. «Barselona» futbolchiga uzoq muddat davomida ishonmoqchi emas.

Oriol Romeu Xavi Ernandes jamoasi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniyalik futbolchining shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Hozirda «Jirona» futbolchini mavsum oxirida qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter