Yevro-2024ning 17-ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi

2024 yilgi Yevropa chempionatiga yana bir yo‘llanma o‘z egasini topdi. Bu yakshanba kuni Bolgariya bilan durang o‘ynagan (2:2) Serbiya terma jamoasiga nasib etdi.

Shu tariqa, 17ta jamoa Yevro-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu ro‘yxat quyidagicha ko‘rinadi: Germaniya (mezbon), Belgiya, Fransiya, Portugaliya, Shotlandiya, Ispaniya, Turkiya, Avstriya, Angliya, Vengriya, Slovakiya, Albaniya, Daniya, Niderlandiya, Ruminiya, Shveysariya, Serbiya.

Saralash turnirining so‘nggi o‘yinlari natijalariga ko‘ra, yaqin kunlarda Yevropa chempionatiga yana to‘rtta yo‘llanma topshiriladi. Bahorda pley-off o‘yinlari bo‘lib o‘tadi – qolgan uchta chipta u yerda o‘ynaladi.

Amaldagi Yevropa chempioni Italiya terma jamoasi hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter