«Arsenal» taslim bo‘lgan ko‘rinadi
Londonning “Arsenal” klubi “Aston Villa” yarim himoyachisi Duglas Luis transferini yanvar oyidagi transfer oynasida yakunlay olmaslik ehtimoli katta. Jurnalist Pit O’Rurk bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Mikel Arteta jamoasi yanvar oyida transferni amalga oshirishdan umidini uzmaydi.
Avvalroq «Aston Villa» Luis uchun tovon puli sifatida 100 million yevro talab qilishi xabar qilingandi. «Arsenal» yanvardagi transfer oynasida bunchalik katta summani to‘lash niyati yo‘q.
Luis joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasining 12 ta o‘yinida qatnashib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/