«Jirona» sport direktori: «Michel kelajakda «Manchester Siti»ni boshqarishi mumkin»

«Jirona» sport direktori Kike Karsel jamoa bosh murabbiyi Michel kelajakda «Manchester Siti»dek top-klubni boshqarishga qodir ekanini aytdi.

«Michelda kelajakda «Manchester Siti» kabi top-klubni boshqarish uchun yetarli iqtidor bor. Shu bilan birga, unga kerakli darajaga yaqinlashish uchun vaqt kerak. Biroq, Michel kamtarona jamoani boshqarib, xuddi «Manchester Siti» ko‘rsatadigan futbol namoyish qilmoqda», – deya Karselning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, «Jirona» «Manchester Siti» xo‘jayinlariga tegishli. «Shaharliklar» futbolchilari ko‘pincha Kataloniya klubida ijara asosida o‘ynashadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter