Argentinalik sobiq fizioterapevt: «Maradona 1994 yilda Grondonaning lavozimi uchun qurbon qilingan»
1994 yilda Argentina terma jamoasida fizioterapevt bo‘lib ishlagan Fernando Sinyorini kitob yozdi va unda AQSHda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida sodir bo‘lgan voqealar haqida o‘z nuqtai nazarini bayon qildi. O‘shanda Diyego Maradona turnirning dastlabki ikki o‘yinida ajoyib o‘ynadi, ammo keyin doping bilan ushlanib, diskvalifikasiya qilindi.
Sinyorinining fikricha, o‘shanda Maradona argentinalik futbol funksioneriga nufuzli lavozimga almashtirilgan: «O‘sha mundial yakunlanganidan so‘ng ingliz tilini bir og‘iz ham bilmaydigan Xulio Grondona FIFA vise-prezidenti va ko‘p millionli mablag‘larni boshqarayotgan moliya komissiyasi prezidenti sifatida serdaromad lavozimga tayinlandi. Shaxmat almashinuvi qanday bo‘lishini bilasizmi? Taxminan shunday bo‘ldi», – deb yozadi Sinyorini o‘zining «La Hija de Dios» kitobida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/