Kvarasxeliya: «Ispaniyadan uchralgan 1:7 hisobidagi mag‘lubiyatni yaxshi eslaymiz»

Gruziya terma jamoasi yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya Ispaniyaga qarshi Yevro-2024 saralash o‘yinidan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Shotlandiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinning natijasidan qoniqmadik (2:2). Biz durangdan afsusdamiz, chunki g‘alaba qozonishga yaqin edik. Menimcha, biz bundan ham yaxshisiga loyiq edik.

Oldinda bizni Ispaniya bilan muhim o‘yin kutib turibdi. Oldingi uchrashuvda boshdan kechirgan mag‘lubiyatni (1:7) eslaymiz. Biz u yerga borib, jamoamiz sharafini himoya qilmoqchimiz va shunchaki omadimiz yo‘qligini va bu bizning kun emasligini ko‘rsatmoqchimiz», – dedi Kvarasxeliya Gruziya futbol federasiyasi rasmiy saytiga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter