Mbappe: «Murabbiyim har kuni dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligimni aytishi shart emas»
«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe bosh murabbiy Luis Enrikening tanqidlariga qanday munosabatda ekanligini tushuntirdi.
“Men doim Didye Desham, Maurisio Pochettino, Tomas Tuxel va boshqalar kabi murabbiylar bilan yaxshi ishlaganman. Bu murabbiylar men bilan gaplashib, meni tanqid qilishdi, lekin bu yaxshi o‘ynashimga va ular bilan yaxshi munosabatda bo‘lishimga to‘sqinlik qilmadi. Men o‘zimga juda talabchan futbolchiman, shuning uchun murabbiylarimdan talablarni eshitsam, juda xursand bo‘laman. Murabbiyim har kuni dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligimni aytishi shart emas», – deya Mbappening so‘zlarini keltiradi GFFN.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/