Ibrahimovich Zlatan bilan ko‘rishmoqchi

Italiyaning “Frozinone” klubida to‘p tepayotgan germaniyalik futbolchi Ariyon Ibrahimovich, garchi u Bolqondan (aniqrog‘i, tan olinmagan Kosovodan) kelgan muhojirlar oilasida tug‘ilgan bo‘lsa ham, Zlatan Ibrahimovichning qarindoshi emas. U Zlatan bilan ko‘rishishni istashini aytdi.

«Bu mening oilamning familiyasi, men nima qila olaman? Lekin men futbolda bunday familiya nimani anglatishini tushunaman. Yashirmayman, Germaniyada futbol o‘ynashni boshlaganimda, bu nom qiziq ekanini his qilgandim. Zlatan men uchun namuna. Xuddi Krishtianu Ronaldu kabi. «Men u bilan uchrashib, qo‘l berib ko‘rishni istardim», – deya futbolchi so‘zlarini keltirgan ITASportPress.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter