Martinelli 2016 yildan buyon Braziliyaning eng tezkor golini kiritdi
Braziliya terma jamoasi vingeri Gabriel Martinelli Kolumbiyaga qarshi bahsda hisobni ochdi.
Londonning “Arsenal” klubi futbolchisi uchrashuvning uchinchi daqiqasi, to‘qqizinchi soniyasidayoq o‘z terma jamoasini oldinga olib chiqdi. Opta xabariga ko‘ra, bu gol Braziliya terma jamoasining 2016 yil sentyabridan beri jahon chempionati saralash bosqichidagi eng tezkor gol bo‘ldi. Olti yil oldin Neymar birinchi daqiqanmng 21-soniyasida gol urgandi – o‘shanda ham Kolumbiya terma jamoasi jabr ko‘rgandi.
JCH-2026 saralashining to‘rt turidan so‘ng «pentakampeonlar» hisobida yetti ochko bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/