Kapello «Milan»ning transferlar siyosatini oqlamadi
«Milan»ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapelloning fikricha, o‘tgan yozdagi transferlar klub o‘yinini kuchaytirishga unchalik yordam bermadi.
Unga ko‘ra, natija keltiruvchi asosiy futbolchilar hali ham klubda ancha yildan beri to‘p tepayotganlardir.
«Farqni 2022 yilda klub bilan skudettoni qo‘lga kiritgan chempionlar ko‘rsatmoqda. Kelgan yangilar jamoaning o‘yin saviyasini oshira olishmadi.
Shunga qaramay, hamma narsani Jiru, Leau, Menyan va Teo Ernandes hal qiladi. Hamma narsa ularga bog‘liq», dedi Fabio Kapello.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/