Keyn: «Bizda ajoyib tarkib bor va menga bu yerda o‘ynash yoqadi»

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn jamoadoshlari haqida gapirdi.

«Men deyarli butun jamoani ajratib ko‘rsatishim mumkin. Koman va Sane eng yaxshi futbolchilar. Kimmix, Myuller va Goreska ham. Ular orasida Musiala ham bor. Butun jamoa ajoyib va ​​men ular bilan o‘ynashni yaxshi ko‘raman», – dedi Keyn FourFourTwo bilan suhbatda.

Goleador hujumchi har kuni maydondagi jamoadoshlarini yaxshiroq tushunishini aytib, «Bavariya» mavsumni yaxshi boshlaganini, ammo ular bundan ham yaxshiroq o‘ynashga intilishlari kerakligini ta’kidladi.

11 turdan keyin Tomas Tuxel shogirdlari 29 ochko jamg‘arib, Germaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter