Postekoglu yomon yangilikni e’lon qildi
Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Anje Postekoglu jamoaning yetakchi futbolchisi Jeyms Meddisonning jarohati haqida gapirdi.
«Meddison uchun yaxshi yangilik emas. Uning to‘pig‘i jarohatlangan. Katta ehtimol bilan u bu yil boshqa maydonga tushmaydi», – deydi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Meddison yozgi transfer oynasida Londonga «Lester»dan ko‘chib o‘tgandi. Bitim summasi 46 million yevroni tashkil etdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/