Sereso: «Feliksga «Barselona»da omad tilayman»
«Atletiko Madrid» prezidenti Enrike Sereso joriy mavsumda Joau Feliks bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
«Feliks Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Unga «Barselona»da omad tilayman. U o‘z jamoasida ijara asosida o‘ynaydi, ammo «Barselona» Joauni doimiy ravishda sotib olishni istasa, ularda buning uchun imkoniyat bo‘ladi. Agar to‘lov amalga oshmasa, Feliks qaytib keladi», – dedi Sereso.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/