Ronaldinyo va Braximi havaskor futbolchilarga professional klublarga kirishga yordam berish uchun kampaniya tashkil qilishmoqda

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldinyo va Jazoir vingeri Yasin Braximi yosh havaskor futbolchilarni professional klublar bilan bog‘lashda yordam berish maqsadida “FootSider” nomli kampaniyaga asos solishdi.

«Men doimo professional mashg‘ulotlar markazlarida bo‘lganimdan baxtiyorman… lekin qanchadan-qancha buyuk o‘yinchilar e’tibordan chetda qolib, professional bo‘lish imkoniga ega bo‘lmaganini ko‘rganman», – deya Braximining so‘zlarini keltiradi Le Parisen.

Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri yosh futbolchilarning professional futbolga kirib borishiga yordam berishdir.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter