«Manchester Siti» futbolchisi Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi

«Manchester Siti» va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Mateus Nunes jarohati tufayli terma jamoa ixtiyorini tark etdi, deb xabar bermoqda Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarida. Insayder jarohat tafsilotlarini oshkor etmadi, biroq yosh futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olganini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nunesning bo‘lajak Portugaliya o‘yinlarida o‘ynash uchun yaxshi imkoniyatlari bor edi, chunki Roberto Martines jamoasi oktyabr oyida rasman birinchi o‘rinda Yevro-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Bo‘lajak o‘yinlarda Portugaliya terma jamoasi Lixtenshteyn va Islandiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

25 yoshli markaziy yarim himoyachi joriy mavsumda “shaharliklar” safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter