Kroos: «Jud cho‘qqiga chiqish uchun hamma narsaga ega»

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Toni Kroos yozda Dortmundning «Borussiya» klubidan 103 million yevro evaziga «Santyago Bernabeu»ga o‘tgan jamoadoshi Jud Bellingemning saviyasini baholadi.

«Bellingem ajoyib start oldi, bu juda muhim. Menimcha, Jud ajoyib transfer. O‘ylaymanki, u bizga katta yordam beradi.

U cho‘qqiga chiqish uchun hamma narsaga ega. Eng muhimi, Jud qiyin vaziyatlarni qanday hal qilishidir.

O‘ylaymanki, u muvaffaqiyatga erishadi, chunki 20 yoshida u juda yetuk ko‘rimoqda», – deya Kroosning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter