36 yoshli Suares Urugvay terma jamoasiga qaytdi

Dushanba kuni Urugvay terma jamoasiga JCH-2026 saralash bosqichining noyabr oyidagi o‘yinlariga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Ta’kidlash joizki, hozirda Braziliyaning «Gremio» klubi sharafini himoya qilayotgan 36 yoshli hujumchi Luis Suares yana milliy jamoadan chaqiruv oldi.

Shuningdek, Ronald Arauxo, Rodrigo Bentankur, Federiko Valverde, Fakundo Pellistri, Darvin Nunyes va boshqa mashhur futbolchilar Urugvay terma jamoasiga chaqirilgan.

Noyabr oyida Urugvay terma jamoasi Argentina va Boliviyaga qarshi saralash bahslarini o‘tkazadi. O‘tgan to‘rtta saralash bosqichida Urugvay terma jamoasi yetti ochko jamg‘ardi.

Urugvay terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Marselo Byelsa hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter