Messi «Inter Mayami» muxlislariga: «Keyingi yil bundan ham yaxshiroq bo‘ladi»

Lionel Messi «Inter Mayami» muxlislariga murojaat qildi.

Florida klubi «Nyu-York Siti» bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi (1:2). O‘yin oldidan Messi muxlislarga o‘zining 8-Oltin to‘pini ko‘rsatdi.

«Avvalo, kelganingiz, ushbu ajoyib marosim uchun rahmat aytmoqchiman. Bu lahzani siz bilan baham ko‘rish men uchun ajoyib narsa. Bu yerga kelganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q, lekin ko‘p vaqt o‘tganga o‘xshaydi.

Boshida aytganimdek, men bu yerni yaxshi ko‘rishimga hech qachon shubha qilmaganman va endi keyingi yil bundan ham yaxshiroq bo‘lishiga shubha qilmayman. Biz zavqlanishda davom etamiz, unvonlar yutishda davom etamiz va men kelganimdan beri bizni qo‘llab-quvvatlaysiz degan umiddaman.

Ajoyib bo‘ldi, kelasi yili esa muhim turnirlarda birga qatnashamiz. Barchangizga rahmat va xayrli tun», – dedi argentinalik futbolchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter