Anchelotti: «Asosiy e’tiborni «Valensiya»ga qaratmoqdamiz»

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida «Valenciya»ga qarshi o‘yin oldidan may oyida «ko‘rshapalaklar» muxlislari va Madrid klubi hujumchisi Vinicius bilan bog‘liq irqchilik mojarosini esladi.

«Yo‘q, biz Vinicius «Valenciya»ga qarshi o‘yinda boshdan kechirgan irqchilik haqida gapirmadik. Aytganimdek, biz asosiy e’tiborni «Valensiya»ga qaratmoqdamiz, u juda yaxshi jamoa. Bu juda shiddatli o‘ynaydigan jamoa. Bu biz gaplashgan yagona narsa.

Shuning uchun biz o‘yinni eng yuqori shiddat bilan o‘tkazmoqchimiz. O‘ylaymanki, stadionga kelgan muxlislar maksimal darajada xotirjamlik bilan kelib, uchrashuvdan zavq olishlari kerak.

Bu o‘yin tomosha qilish uchun ajoyib bo‘ladi, chunki ikki jamoa juda shiddatli futbol o‘ynashadi. Keling, «Valensiya» muxlislarining stadionga muammosiz va to‘liq xotirjamlik bilan kelishiga imkon beraylik», — dedi Anchelotti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter