«Brayton» ustozi Ansu Fati o‘yinini yuqori baholadi
“Brayton” bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi jamoa hujumchisi Ansu Fatining “Ayaks” bilan Yevropa ligasi 4-tur uchrashuvidagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Uchrashuv ingliz klubining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Fati asosiy tarkibda maydonga tushib, 65 daqiqa o‘ynadi. Bu vaqt ichida 21 yoshli futbolchi gol va golli uzatmani amalga oshirdi.
“Men har doim Fatidan ko‘proq narsani kutaman. U yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Ikkinchi golimizdan so‘ng u ko‘proq gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldi, ammo u ko‘proq harakat qilishi kerak», – deya De Zerbi so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Fati joriy mavsumni «Brayton»da ijara asosida o‘tkazmoqda, futbolchining shartnomasi «Barselona»ga tegishli. Joriy mavsumda ispaniyalik barcha musobaqalarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/