«Arsenal» Touni uchun bir qator futbolchilari bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi

«Arsenal» yanvar oyida «Brentford»dan hujumchi Ivan Tounini sotib olmoqchi.

Biroq, «kanonirlar» uchun bu kelishuvni moliyalashtirish oson emas – oldingi transfer oynalarida jiddiy xarajatlar tufayli klubda moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolar mavjud.

The Sun’ning xabar berishicha, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta qishda Touni bilan shartnoma imzolash uchun jamoaning to‘rt nafar futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor.

Ro‘yxatga Aaron Ramsdeyl, Tomas Parti, Emil Smit Rou va Eddi Nketiya ham kirishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter