Anchelotti Luninning o‘yini haqida fikr bildirdi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan “Braga”ga (3:0) qarshi o‘yinda darvozabon Andrey Luninning o‘yini haqida fikr bildirdi. Ukrainalik posbon o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va uchrashuv boshida penaltini qaytardi.

«Kepa o‘yindan oldin muammolarga duch keldi. Lunin ajoyib seyv bilan o‘yinda g‘alaba qozonishimizga yordam berdi. Bizda futbolchilarning yaxshi tanlovi bor, bu bizga barcha turnirlarda g‘alaba uchun kurashish imkoniyatini beradi», – dedi Anchelotti Marca nashriga.

Madrid klubi to‘rt turdan so‘ng 12 ochko to‘pladi va 2023/2024 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo‘llanmani erta kafolatladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter