YECHL bosh sovrini uchun dadil qadamlar…

Angliyaning «Manchester Siti» klubi Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan birinchi klub bo‘ldi.

Bu Shveysariyaning «Yang Boyz» jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng sodir bo‘ldi – Gvardiola shogirdlari uning darvozasiga javobsiz uchta gol urishdi.

Endi ingliz klubining Yevropaning eng nufuzli turniridagi mag‘lubiyatsiz seriyasi allaqachon o‘n sakkizta o‘yinga yetdi.

«Manchester Siti» oxirgi marta Chempionlar ligasida 2022 yilning 5 mayida «Real»ga qarshi yarim final uchrashuvida mag‘lub bo‘lgandi.

Chempionlar ligasida mag‘lubiyatsiz o‘tkazilgan o‘n sakkizta o‘yin ingliz klublari uchun rekord hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter