Immobile o‘z jamoasiga sodiqlik bilan to‘purarlik hislatini namoyish etmoqda
Kecha, 7 noyabr kuni Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Lasio” “Feyenoord”ni mag‘lub etdi.
Yagona golni “burgutlar” sardori Chiro Immobile kiritdi.
33 yoshli italiyalik 2016/17 yilgi mavsumdan beri (Immobilening jamoadagi birinchi mavsumi) Yevropaning top-5 ligasida bitta klub safida 200 ta gol urgan beshinchi futbolchiga aylandi.
Undan oldin Robert Levandovski, «Bavariya» (277), Kilian Mbappe, «PSJ» (224), Lionel Messi, «Barselona» (219) va Xarri Keyn, «Tottenxem» (216) bu natijaga erishgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/