Teo Ernandes: «Leau Mbappedan kam emas»

Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau «PSJ» klubiga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdi. U gol urdi, bu esa «Milan»ga hisobni tenglashtirishga va keyinchalik g‘alaba qozonishga imkon berdi. Teo Ernandesning fikricha, Leau «PSJ»ning asosiy yulduzi Kilian Mbappedan kam emas.

«Leau juda kuchli, u Mbappedan hech qanday kam emas. Raqib ko‘p hujum qilishini bilardik, ammo bunga munosib tayyorgarlik ko‘rdik. Biz xuddi shu ruhda ishlashda davom etishimiz kerak», – dedi Ernandes pianetamilan.it bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter