«Al-Ittihod» so‘nggi 8 ta o‘yinning atigi bittasida g‘alaba qozondi

«Real»ning sobiq hujumchisi Karim Benzema va «Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi N’Golo Kante o‘ynayotgan «Al-Ittihod» yana g‘alaba qozona olmadi.

Dushanba oqshomida klub Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida Iroqning “Al-Quva” klubi bilan mehmonda uchrashdi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, 21 sentyabrdan buyon «Al-Ittihod» rasmiy o‘yinlarda faqat bitta g‘alabaga erishdi. O‘shanda saudiyaliklar Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida “Al-Quva” jamoasini mag‘lubiyatga uchratgandi. Klub yana uchta o‘yinda durang o‘ynadi va yana uchtasida mag‘lub bo‘ldi. Eronda «Sepaxon»ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yini esa siyosiy sabablarga ko‘ra bekor qilindi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter