«Bavariya» qishki transfer oynasida faol bo‘lmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi qishki transfer oynasida faol harakat qilmoqchi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali.

Manbaning xabariga ko‘ra, Germaniya chempioni yanvar oyidagi transfer oynasida kamida ikkita futbolchini sotib olishni rejalashtirgan. «Bavariya» kuchaytirmoqchi bo‘lgan pozisiyalar hali aytilmagan.

So‘nggi o‘yinda Tomas Tuxel shogirdlari Dortmundning «Borussiya» jamoasini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Hujumchi Xarri Keyn xet-trik qayd etdi. Germaniya chempionatining o‘n turidan so‘ng Myunxen klubi 26 ochko jamg‘arib, peshqadam «Bayer»dan ikki ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter