Ake – 6:1 hisobidagi g‘alaba haqida: «Gvardiola xotirjam emas edi»
«Manchester Siti» himoyachisi Natan Ake APLning 11-turida «Bornmut»ga qarshi o‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. “Shaharliklar” 6:1 hisobida g‘alabani nishonladi.
“Hisob shuni ko‘rsatadiki, biz ilgari qilgan ishimizni davom ettirishimiz kerak. Ketma-ket to‘rtinchi g‘alabaga qaramay, biz mag‘rur bo‘la olmaymiz, har doim nimanidir yaxshilashimiz mumkin. Gvardiola ham jamoadagilar kabi hech qachon baxtli yoki xotirjam emas. Biz oldinga intilishda va yaxshilanishda davom etishimiz kerak», – deya himoyachining so‘zlarini keltiradi Manchester Evening News.
11-turdan so‘ng “Manchester Siti” 27 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida peshqadam bo‘lib oldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/