«Bayer» iqtidori hozirda golli uzatma berish borasida top-5 chempionatlardagi futbolchilar orasida peshqadam

Leverkuzenning «Bayer» klubining yosh iqtidori Florian Virs futbol bo‘yicha Yevropaning top-5 chempionatlari o‘yinchilari orasida golli uzatmalar soni bo‘yicha eng yaxshi futbolchi, deb xabar beradi Transfermarkt portali. Reytingda faqat Premyer-liga, La Liga, Liga 1, Bundesliga va A Seriya futbolchilari hamda barcha turnirlardagi barcha rasmiy uchrashuvlar hisobga olindi.

Shunday qilib, Virs 13 uchrashuvda 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Vulverxempton»ning portugaliyalik vingeri Pedru Netu 10 o‘yinda 7 ta golli uzatma bilan ikkinchi o‘rinda. Uchinchi o‘rinni uchta o‘yinchi bo‘lishdi – Kiran Trippyer («Nyukasl»), Xarri Keyn («Bavariya») va Markus Tyuram (Inter) – ularning har biri yettitadan golli uzatmaga ega.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter