Maxachev o‘zini tengsiz deb atadi

UFC promoushinida yengil vazn toifasida ishtirok etayotgan rossiyalik jangchi Islom Maxachev P4P reytingi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. U amerikalik og‘ir vazn toifasidagi Jon Jonsdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. 

«Menimcha, bu UFC siyosati. Jons Miochich bilan qiziqarli jang rejalashtirgan edi, shuning uchun ular uni birinchi o‘rinda ushlab turishdi.

Men birinchi raqamliman deb o‘ylayman. Endi barcha savollarni yopib qo‘ydim, men u yerda bo‘lishga loyiqman», — dedi Maxachev Match TV telekanaliga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter