Kazemiro bir necha hafta maydonga tusha olmaydi

Kazemiro jarohati sabab bir necha hafta o‘ynamaydi.

Braziliyalik futbolchining tizzasida jarohati borligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha «Manchester Yunayted» «Nyukasl»ga yutqazib (0:3), Angliya liga kubogidan chiqib ketgandi.

Kazemiro tanaffusda almashtirildi va uning o‘rniga Sofyan Amrabat tushdi. Erik ten Xag braziliyalik futbolchining almashtirilishini 1-bo‘lim oxirida olgan jarohati bilan izohladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter