«Liverpul»ning sobiq futbolchisi «MYU»ni yomon ko‘rishini tan oldi

«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Denni Myorfi «Manchester Yunayted»ning joriy mavsumdagi yomon o‘yini haqida fikr bildirdi.

“Menga ularda yomon vaziyat bo‘lganiyoqadi. Agar Angliya Premyer-ligasining qaysidir klubi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, u «Manchester Yunayted» bo‘lsin. Men ikkiyuzlamachi bo‘lmayman, bu menga yoqadi”, dedi Denni Talksport nashriga.

Angliya Premyer-ligasida «qizil iblislar» o‘n turdan keyin bor-yo‘g‘i sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter