Asensio umumiy guruh mashg‘ulotlariga kaytdi

«PSJ» hujumchisi Marko Asensio umumiy guruhda mashg‘ulotlarga kirishdi, deb xabar bermoqda poytaxt klubi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» safiga erkin agent sifatida qo‘shilgan 27 yoshli futbolchi Fransiya chempionatining 4-turida «Lion»ga qarshi o‘yinda (4:1) jarohat olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi jarohat oldidan uchta o‘yin o‘tkazib, jamoadoshlariga ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgandi.

Navbatdagi turda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan Luis Enrike shogirdlari o‘z maydonida «Monpelye»ga qarshi bahs olib boradi (3,11).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter