Odiljon Aslonovning raqibi o‘zgardi

O‘zbekistonlik bokschi Odiljon Aslonov (5-0-1) 11 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi.

Avvalroq, Aslonov ushbu kechada rossiyalik Rafi Xchoyanga (2-1-1) qarshi jang qilishi xabar qilingandi.

Biroq, O‘zbekiston professional boks matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Odiljon Aslonovning raqibi o‘zgargan. Aslonov boshqa bir rossiyalik bokschi Batal Chejiyaga (12-3-3) qarshi ringga ko‘tariladi.  Jang 8 raund etib belgilangan.

Eslatib o‘tish joiz, Odiljon so‘nggi jangini shu yilning 8 sentyabr kuni Erik Katompaga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter