«Manchester Yunayted» mavsumni juda yomon boshladi

Angliya chempionatining o‘ninchi turida «Manchester Yunayted» «Manchester Siti»ga har tomonlama mag‘lub bo‘ldi va gollandiyalik mutaxassis Erik ten Xag shogirdlari uchun bu dastlabki o‘nta o‘yindagi beshinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. U «Tottenxem», «Arsenal», «Brayton», «Kristal Pelas» va «Manchester Siti»ga yutqazdi.

Natijada o‘ttiz ochkodan o‘n besh ochko jamg‘argan jamoa turnir jadvalida atigi sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Statistikaga kelsak, «Manchester Yunayted» 1986/1987 yilgi mavsumdan beri mavsumni bunday muammoli boshlagani yo‘q.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter