Gyuler qachon debyut qilishi oydinlashdi

«Real Madrid» yarim himoyachisi Arda Gyuler nihoyat noyabr oyi boshida yangi jamoasida debyut qiladi. Jurnalist Edu Agirre bergan ma’lumotga ko‘ra, turkiyalikning debyuti Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Braga»ga qarshi o‘yinda bo‘lishi kerak. Eslatib o‘tamiz, o‘yin 8 noyabrga belgilangan.

Gyuler o‘tgan yozda Turkiyaning «Fenerbaxche» klubidan taxminan 20 million yevro tovon puli evaziga «Real Madrid»ga o‘tgan edi. Arda haligacha Karlo Anchelotti jamoasida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan, chunki u turli jarohatlarga duchor bo‘lgan.

18 yoshli Gyuler o‘tgan mavsumda Turkiya chempionatida 20ta o‘yinda 4ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter