«Lans» «PSJ» hujumchisi bilan shartnoma imzolamoqchi edi

«PSJ» hujumchisi Ugo Ekitike yozgi transfer oynasida Parijni tark etishi mumkin bo‘lgan. Uning xizmatlariga yana bir fransuz klubi “Lans” qiziqish bildirgan.

Le10sport xabariga ko‘ra, Ekitikega taklif bo‘lgan, biroq u «PSJ»da qolishga va Parij grandida o‘z o‘rnini egallashga harakat qilishga qaror qilgan.

Joriy mavsumda 21 yoshli hujumchi Fransiya chempionatining bitta o‘yinida qatnashib, gol ura olmadi.

Ekitike va parijliklar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning o‘rtalariga qadar hisoblangan. Hujumchining transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter