«Roma» Abrahamni Lukakuga almashtirmoqchi

Italiyaning “Roma” klubi Londonning “Chelsi” klubi bilan futbolchi almashmoqchi. Daily Mirror xabariga ko‘ra, Mourino jamoasi hujumchi Temmi Abrahamni «nafaqaxo‘rlar»ga qaytarib, o‘rniga ijara asosida o‘ynayotgan Romelu Lukakuni olmoqchi.

Lukakuning yaxshi formasini hisobga olsak, ingliz futbolchisi joriy mavsumda «Roma»ning asosiy tarkibiga qaytishi dargumon.

Shu bilan birga, «Chelsi»ning o‘zi Abraxamni qaytarishga qiziqadimi yoki yo‘qmi, buni aniqlash kerak.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter