«Aston Villa» o‘z futbolchisiga yangi shartnoma taklif etmoqchi

«Aston Villa» futbolchisi jamoada uzoqroq vaqt qolishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Birmingemliklar Duglas Luisga tez orada yangi shartnoma taklif qilishni reja qilmoqda.

25 yoshli braziliyalik yarim himoyachi anchadan beri katta klublar radarida edi. Luisga «Arsenal» asosiy da’vogar sanaladi. London klubi u uchun qishda taklif bilan chiqishni reja qilgan. Duglas Luis bu mavsumda 9 ta o‘yinda 5 ta golga mualliflik qilgan.

Manba: bbc.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter