«Man Siti» «Old Trafford»dagi APL o‘yinida ilk bor penalti tepdi

«Manchester Siti» Premyer-liga o‘yinidp «Old Trafford»da ilk bor penalti amalga oshirdi.

APLning 10-turi doirasidagi o‘yinda “Manchester Siti” futbolchilari jarima zarbasini tepganidan so‘ng, “Manchester Yunayted”ning 20 yoshli hujumchisi Rasmus Xoylund o‘z jarima maydonchasi ichida Rodrini ushlab oldi, shundan so‘ng u maydonga yiqildi.

VAR yordamida epizodni tekshirgandan so‘ng, bosh hakam Pol Tirni «Manchester Yunayted» darvozasiga penalti belgiladi va keyin uni Erling Xoland golga aylantirdi.

Umuman olganda, «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» Premyer-ligada 27-marta «Old Trafford»da to‘qnash kelishdi. Kechagi o‘yinda belgilangan penalti bu vaqt ichida «shaharliklar» foydasiga birinchisi bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter