Arteta: «Martinning ahvoli yaxshi emas edi»

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Martin Edegorni maydonga tushirmaslik qaroriga izoh berdi.

«Kanonirlar» sardori «Sheffild Yunayted»ga qarshi o‘yinda butun uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Uchrashuv «Arsenal»ning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Biz o‘yinchilarimizning so‘nggi uch haftadagi daqiqalarini ko‘rib chiqdik va ba’zilari dam olishga muhtojligi aniq.

Martinning ahvoli yaxshi emas edi. Men ishonamanki, bizda yuqori saviyadagi o‘yinchilar yetarli, shuning uchun bizda tanlash uchun imkoniyat ko‘p.

O‘ylaymanki, bugun buning uchun to‘g‘ri kun bo‘ldi», – dedi Arteta.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter