Ter Shtegen: «Bellingem nimalarga qodir ekanligini bilamiz»

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Ispaniya chempionatidagi jamoalarning o‘zaro o‘yini oldidan «Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz bilamizki, u yo‘q joydan imkoniyat yarata oladi. Unda juda ko‘p xislatlar bor, bu qaysidir ma’noda Benzemaning ketishini qoplashga yordam beradi. Bu butunlay boshqa futbolchi bo‘lishiga qaramay, u to‘pga egalik qilganda katta xavf tug‘diradi va bo‘shliqni juda yaxshi talqin qiladi», – deya Ter Shtegenning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 28 oktyabr, shanba kuni «Real»ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter