Romano: «Tonali 10 oyga diskvalifikasiya qilinadi»

Italiyalik insayder Fabrisio Romano «Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali pul tikish mojarosi tufayli 10 oyga futboldan chetlatilganini tasdiqladi. Shu tariqa, italiyalik nafaqat mavsumning qolgan qismini, balki Germaniyadagi Yevropa chempionatini ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

«Tonali 10 oyga diskvalifikasiya qilinadi. Manbalar buni tasdiqladilar, qolgani rasmiy e’lonni kutish. Sandro, shuningdek, qimor o‘yinlariga qaram bo‘lganlar uchun reabilitasiya dasturidan o‘tadi», — deb yozdi Romano ijtimoiy tarmoqlarda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter